«Neftchi» Anatoliy Demyanenko jamoasiga yutqazdi

Farg`onaning «Neftchi» klubi 12 fevral kuni Turkiya yig`ini doirasidagi dastlabki nazorat o`yinini o`tkazdi.

Antaliyadagi «Ic Santai» mehmonxonasi bazasi maydonida Farg`onaning «Neftchi» klubi Ukraina chempionati birinchi davra yakunlariga ko`ra 7-o`rinda borayotgan «Volin» jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

O`yinda hisob ikkinchi bo`limda, «Neftchi» yarim himoyachisi Mansur Saidov tomonidan ochildi. Biroq, Qarshining «Nasaf» jamoasi sobiq ustozi, hozirda «Volin»da bosh murabbiylik qilayotgan Anatoliy Demyanenko tarkibda bir qator o`zgarishlarni amalga oshirdi va oxir-oqibat ukraina jamoasi g`alabani ilib ketdi.

2:1 hisobi o`yin oxirigacha o`zgarmadi.

«Neftchi» rasmiy sayti ma`lumotiga ko`ra, jamoa yig`in davomida yana uchta nazorat bahsida maydonga tushadi.

Nazorat uchrashuvi
12 fevral, seshanba
«NEFTChI» (O`zbekiston) – «VOLIN» (Ukraina) 1:2 (0:0)
Gol:
Mansur Saidov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb