Toshkentning «Paxtakor» klubi Antaliya yig`ini doirasida navbatdagi nazorat uchrashuvini o`tkazdi.
Qozog`istonning «Vostok» jamoasiga qarshi o`yinda Murod Ismoilov shogirdlari 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi. O`yindagi yagona gol «Vostok»ning senegallik hujumchisi Papa Nyang hisobiga yozildi.
E`tiborli tomoni, «Vostok»ga Muborakning «Mash`al» jamoasining sobiq ustozi Vladimir Fomichyov bosh murabbiylik qiladi.
Nazorat uchrashuvi
«VOSTOK» – «PAXTAKOR» 1:0
GOL: Nyang.