9 fevral kuni navbatdagi yig`inni o`tkazish uchun Turkiyaga jo`nab ketgan Farg`onaning «Neftchi» klubi bir qator nazorat uchrashuvlarida maydonga tushadi.
Yuriy Sarkisyan jamoasi Turkiya yig`ini davomida to`rtta nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Dastlabki o`yin 12 fevral kuni Ukrainaning «Volin» jamoasiga qarshi kechsa, 16 fevral kuni «Neftchi» Moldovaning «Kostulen» klubiga qarshi maydonga tushadi.
19 fevral kuni Ukrainaning «Naftovik», 22 fevral kuni esa Serbiyaning «Teleoptik» klublari «Neftchi»ga raqiblik qilishadi.