«Nasaf» «Rux»ni mag`lub etdi

Turkiyada o`quv-mashg`ulot yig`inlarini o`tkazayotgan Qarshining «Nasaf» klubi 11 fevral kuni navbatdagi nazorat uchrashuvini o`tkazdi.

Polshaning «Rux» jamoasiga qarshi o`yinda Ro`ziqul Berdiev shogirdlari 1:0 hisobida g`alaba qozonishdi. «Nasaf»ga g`alaba keltirgan yagona gol jamoaning turkmanistonlik legioner yarim himoyachisi Artur Gevorkyan hisobiga yozildi.

«Nasaf» bungacha ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushgan, Xorvatiyaning «Inter» jamoasi bilan durang qayd etilgan, Polshaning «Gurnik» jamoasiga esa 1:2 hisobida imkoniyat boy berilgan edi.

Jamoa navbatdagi nazorat uchrashuvini 14 fevral kuni Ukrainaning «Aleksandriya» jamoasiga qarshi o`tkazadi.

Nazorat uchrashuvi
11 fevral, dushanba
«NASAF» (O`zbekiston) – «RUX»(Polsha) 1:0 (0:0)
GOL:
Artur Gevorkyan (29).
«NASAF»: Mixail Naumov, Hamza Karimov, Maqsud Karimov, Botir Qoraev, Shuhrat Muhammadiev (Alisher Yusupov), Erkin Boydullaev (Mirzamurod Jo`raboev), Eldor Boymatov (Suhrob Ne`matov), Artur Gevorkyan, Farruh Sayfiev (Mirzakamol Kamolov), Kenja To`raev (Ilhom Shomurodov), Zohid Abdullaev (Sanjar Baratov).

mib
uzcard
cola
apex
bmb