«Bunyodkor» Qozog`iston chempioni bilan durang o`ynadi

Toshkentning «Bunyodkor» klubi Turkiya yig`ini doirasida dastlabki nazorat uchrashuvini o`tkazdi. Qozog`iston chempioni – «Shaxtyor»ga qarshi o`yinda durang natija qayd etildi.

«Bunyodkor» rasmiy sayti xabariga ko`ra, o`yin 1:1 hisobida durang natija qayd etdi. Uchrashuvda hisob «Bunyodkor» tomonidan ochilgan edi, biroq qozog`istonlik futbolchilar birinchi bo`limning o`zida hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo`lishdi.

«Bunyodkor» Turkiya yig`ini doirasida, shuningdek, 13 fevral kuni Polshaning «Yaggeloniya», 16 fevral kuni Ukrainaning «Chernomorets» va 19 fevral kuni esa Ukrainaning «Vorskla» jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko`ra, jamoa safida chernogoriyalik markaziy hujumchi Admir Adrovich ko`rikdan o`tmoqda. Futbolchi faoliyati davomida Chernogoriya, Albaniya va Eron chempionatlarida to`p surgan bo`lib, ayni vaqtda «Buduchnost» jamoasi tarkibida Chernogoriya chempionati to`purari bo`lib turibdi.

«Bunyodkor»ning Turkiya yig`ini 20 fevral kuni yakuniga etadi.

Nazorat o`yini
10 fevral, yakshanba
«BUNYoDKOR» – «ShAXTYoR» 1:1 (1:1)
Gol:
Lutfulla To`raev (30)
«Bunyodkor»: Akbar To`raev, Xayrulla Karimov, Anvar G`ofurov, Artyom Filiposyan, Akmal Shorahmedov, Oleg Zoteev, Jasur Hasanov, Lutfulla To`raev, Fozil Musaev, Admir Adrovich, Igor Taran.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Alibobo Rahmatullaev, Aleksandr Pishur, Sahob Jo`raev, Shavkat Salomov, Kamoliddin Murzoev, Dilshod Jo`raev, Abduqahhor Xojiakbarov, Javlon Ibroximov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb