«Olmaliq» Qozog`iston «Spartak»ini mag`lub etdi

10 fevral kuni «Olmaliq» yoshlar jamoasi Qozog`iston Birinchi ligasi vakili – «Spartak»ga qarshi nazorat bahsida maydonga tushdi.

O`yin 3:2 hisobida olmaliqliklar foydasiga hal bo`ldi. Jamoa gollari Aleksandr Lupashko, Sarvar O`rozaliev va Anvar Saparov hisobiga yozildi.

Jamoa navbatdagi o`yinni 12 fevral kuni «Qizilqum»ga qarshi o`tkazadi. Bu bahs PFL Kubogi-2013 doirasidagi guruh bosqichi so`nggi tur o`yinidir.

Nazorat uchrashuvi
10 fevral, yakshanba
«Olmaliq» – «Spartak» (Qozog`iston) 3:2
Gollar:
Aleksandr Lupashko 13, Sarvar O`rozaliev 14, Anvar Saparov 62.
«Olmaliq»: Nikita Shkvirin, Doniyor Fozilov, Shuhrat Sadriddinov, Abdulaziz Abdujabborov, Davron Rasuljonov, Elyor Mamasoliev, Aleksandr Lupashko, Sardor Sotvoldiev, Isroil Ergashev, Baxtiyor Shokirov, Sarvar O`rozaliev
Zaxiradan maydonga tushganlar: Javlon Azimjonov, O`tkir G`oipov, Bekzod Tojiboev, Anvar Saparov, Jasur Jaynakov, Murod Axatov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb