Turkiyada o`quv-mashg`ulot yig`inlarini o`tkazayotgan Toshkentning «Paxtakor» klubi 9 fevral kuni Polshaning «Podbeskidze» klubiga qarshi maydonga tushdi.
O`yin 0:0 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etdi. Bundan avvalgi nazorat o`yinida «Paxtakor» Belarusning BATE jamoasini 4:3 hisobida mag`lub etgan edi.
«Paxtakor» navbatdagi o`yinni 13 fevral kuni Odessaning «Chernomorets» jamoasiga qarshi o`tkazadi. O`yin Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.
Nazorat uchrashuvi
9 fevral, shanba
«Paxtakor» (O`zbekiston) – «Podbeskidze» (Polsha) 0:0
«PAXTAKOR»: Lobanov, Merzlyakov (Suyunov), Kozak, Ismatullaev, Hoshimov, Andreev (Yusupov), O`runov (Oganesyan), Maxaradze, Sharofetdinov, Karimov (Iskanderov), Sergeev (Abduxoliqov).