G`uzorning «Sho`rtan» klubi 11 fevraldan navbatdagi yig`inni boshlaydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Toshkentdagi yig`in 11 fevraldan 24 fevralgacha davom etadi. Yig`inning birinchi kuni jamoa tibbiy ko`rikdan o`tadi. Yig`in doirasidagi birinchi nazorat o`yini 13 fevral kuni o`tkazilishi rejalashtirilgan.
«G`uzordagi yig`inning oxirgi kunlarida jamoamiz yana uch nafar futbolchi – Pavel Leus, Shavkat Raimqulov va Jamol Otaqulov bilan shartnoma imzoladi. Ma`lum bir muddat klub mashg`ulotlarida ishtirok etgan Jasur O`runov esa jamoani tark etdi», - deb yozadi klub rasmiy sayti.