«Paxtakor»ning OChLdagi uchinchi raqibi aniqlandi

9 fevral kuni 2013 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi pley-off o`tish bosqichi uchrashuvlari bo`lib o`tdi.

Pley-off bosqichi yakuniga ko`ra, BAAning ikki klubi OChL-2013 guruh bosqichi yo`llanmasini qo`lga kiritdi. Jumladan, Toshkentning «Lokomotiv» klubi murosasiz kechgan bahsda Dubayning «An-Nasr» jamoasiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

G`arbiy mintaqaning ikkinchi o`yinida BAAning boshqa bir jamoasi – O`zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz Haydarov to`p suradigan «Ash-Shabob» jamoasi Eronning «Saboi Qum» jamoasi mehmoni bo`ldi. O`yin asosiy vaqtida durang natija qayd etildi, penaltilar seriyasida esa omad Haydarov jamoadoshlariga kulib boqdi.

Shunday qilib, «Paxtakor» 12 mart kuni BAAning «Ash-Shabob» jamoasi mehmoni bo`ladi. «Paxtakor» ishtirok etadigan «V» guruhida, shuningdek, Saudiya Arabistonining «Al-Ittifoq» va Qatarning «Lexviya» jamoalari ham bor.

mib
uzcard
cola
apex
bmb