Ravshan Muqimov: «Hayot davom etadi»

Toshkentning «Lokomotiv» klubi bosh murabbiyi Ravshan Muqimov «An-Nasr»ga qarshi OChL pley-off o`yinidan so`ng BAA klubiga guruh bosqichida omad tiladi. Bu haqda «Lokomotiv» rasmiy sayti xabar bermoqda.

Eslatib o`tamiz, BAAda bo`lib o`tgan BAAning «An-Nasr» va O`zbekistonning «Lokomotiv» klublari o`rtasidagi OChL pley-off uchrashuvi 3:2 hisobida mezbon jamoa foydasiga hal bo`ldi. OChL-2013 guruh bosqichida Amirlik klubi «S» guruhida Eronning «Sepohon», Qatarning «Al-G`arafa» va Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» jamoalariga qarshi to`p suradi.

«Al-Nasr» klubini ushbu g`alaba bilan tabriklayman. Bugun muxlislar qiziq, jozibali futbol guvohi bo`lishdi. Ushbu klubga guruh bosqichida omad tilab qolaman. Biz ham futbolni tushunamiz. Hakamning harakatlarini faqatgina men emas, balki ko`p sonli muxlislar auditoriyasi kuzatdi. O`yindagi ayrim vaziyatlarda chiqargan qarorlari uning o`ziga havola. Birinchi va uchinchi gollar kiritilgan vaziyatlarni biz yana tahlil qilib chiqamiz», - dedi «Lokomotiv» ustozi.

«Futbol shunday narsaki bugun yutasiz, ertaga yutqazasiz. O`yin yakunlandi. Shu daqiqadan boshlab biz bu o`yinni esdan chiqarib, yangi cho`qqilar tomon harakat qilamiz. Hayot davom etadi. Endi O`zbekiston Chempionati i Kubogiga tayyorgarlik ko`ramiz», - deya qo`shimcha qildi Ravshan Muqimov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb