
Toshkentnig «Lokomotiv» klubi Osiyo Chempionlar ligasi-2013 pley-off saralash o`yinida BAAning «An-Nasr» jamoasiga 2:3 hisobida mag`lub bo`ldi. 9 fevral kuni BAAning Dubay shahrida bo`lib o`tgan uchrashuvda toshkenltik futbolchilar uchrashuvning so`nggi daqiqalaridagina o`z darvozalaridan to`p o`tkazib yuborib, mag`lubiyatga uchrashdi.
Uchrashuvda hisobnni 30-daqiqada, «An-Nasr» futbolchilari ochishdi. «Lokomotiv»ning markaziy himoyasidagi hatodan so`ng, yaponiyalik Takayuki Morimoto «An-Nasr»ni oldiga olib chiqdi.
Uchrashuvning ikkinchi bo`limida esa, «Lokomotiv» nafaqat hisobni tenglashtirdi, balki oldinga ham chiqib olgandi. 72-daqiqada Viktor Karpenko, 76-daqiqada esa, Akmal Holmatov «An-Nasr» darvozasini ishg`ol etishdi.
Biroq, «Lokomotiv» g`alabani saqlab qola olmadi. 78-daqiqadayoq Habib al-Fardan hisobni tenglashtirgan bo`lsa, o`yin yakunlanishiga bir daqiqa qolganida «Lokomotiv» darvozasiga belgilangan penaltini Leo Lima aniq amalga oshirib, «An-Nasr»ga g`alaba keltirdi - 3:2
O`yindan keyin o`z fikrlari bilan o`rtoqlasharkan, «Lokomotiv» murabbiyi Ravshan Muqimov jamoa kelasi mavsum OChL guruh bosqichi yo`llanmasini qo`lga kiritishini ma`lum qildi. «Bugun biz kamida durangga loyiq edik, durang natija har ikkala jamoa uchun ham adolatli hisob bo`lardi», – dedi Muqimov.
Ushbu g`alaba «An-Nasr»ni OChL-2013 guruh bosqichiga olib chiqdi. Jamoa musobaqaning «S» guruhida Eronning «Sepohon», Qatarning «Al-G`arafa» va Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Xuddi shu kuni pley-off saralash doirasidagi boshqa o`yinlar ham bo`lib o`tdi. Jumladan, Eronda o`tkazilgan «Saboi Qum» (Eron) va «Ash-Shabob» (BAA) o`rtasidagi o`yinda mehmon jamoa penaltilar seriyasida g`olib chiqdi. Sharqiy mintaqadagi «Buriram Yunayted» (Tailand) – «Brisben Roar» (Avstraliya) o`rtasidagi o`yin 13 fevral kuni bo`lib o`tadi.
OChL-2013. Pley-off bosqichi
AN-NASR (BAA) - LOKOMOTIV (O`zbekiston) - 3:2
Gollar: Takayuki Morimoto (30), Habib Al Fardan (78), Leo Lima (89-pen) — Viktor Karpenko (72), Akmal Xolmatov (76).
An-Nasr: Ahmad Shambiex, Ahmad Ali Moadxed, Takayuki Morimoto, Xumaid Ahmad, Xolid (Xabib Al Fardan, 70), Bruno Korreya Sezar, Yunus Ahmad, Mahmud Darvish, Rashid Malalla, Leo Lima (S), Juzeppe Maskara.
Lokomotiv: 1. Pavel Bugalo (S), 5. Ruslan Melziddinov, 7. Sadriddin Abdullaev, 8. Akmal Xolmatov, 9. Zayniddin Tojiev, 13. Rustam A`zamov (29. Viktor Karpenko, 64), 16. Jasur Hasanov (24. Ibrohim Raximov, 60), 19. Islom Inomov, 20. Islom To`xtaxo`jaev, 23. Ivan Nagaev, 30. Dilshod Jabborov.
Ogohlantirishlar: Islom To`xtaxo`jaev (48), Ruslan Melziddinov (67), Juzeppe Maskara (84).