«Sho`rtan» 7 nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi

G`uzorning «Sho`rtan» klubi yangi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

«Xabaringiz bor, o`tgan mavsum yakunlanganidan so`ng a`zi asosiy tarkib futbolchilari jamoani tark etgandi. Natijada ularning o`rnini to`ldirish maqsadida klub bosh murabbiyi Edgar Gess yangi o`yinchilarni ko`rikka chaqirdi. Shu paytgacha yangi futbolchilardan etti nafari «Sho`rtan» bilan 2013 yilgi futbol mavsumi uchun shartnoma tuzishdi va endi ularni bemalol jamoamiz a`zosi desak bo`ladi», - deyiladi klub rasmiy saytidagi xabarda.

Jamoa litvalik hujumchi Arturas Fomenko, hujumchilar Aleksandr Vostrikov, Pavel Solomin, yarim himoyachilar Dilyaver Abibullaev, Temur Ayzatulov, Shukur Jumaboev, Ibrohim Otaxonov bilan shartnoma imzoladi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko`ra, himoyachi Shavkat Raimqulov va darvozabon Pavel Leus ham yangi mavsumni «Sho`rtan»da boshlashi ehtimoli katta.

mib
uzcard
cola
apex
bmb