Qarshining «Nasaf» klubi o`quv-mashg`ulot yig`inlarini o`tkazish uchun 4 fevral kuni Turkiyaga jo`nab ketgan edi.
«Besh yulduzli «Kameliya» mehmonxonasiga joylashgan qarshilik futbolchilar mehmonxonaga qarashli futbol maydonida bugun ikki mahal mashg`ulot o`tkazishdi. Jamoa bosh murabbiyi Ro`ziqul Berdievning aytishicha, o`quv-yig`in mashg`ulotlari avvaldan belgilangan reja asosida davom ettiriladi», - deb yozadi «Nasaf» sayti.
Rejaga muvofiq futbolchilarimiz Turkiyadagi yig`in doirasida ilk nazorat uchrashuvini 7 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:00 (Toshkent vaqti bilan soat 18:00)da Xorvatiyaning «Inter» jamoasiga qarshi o`tkazishadi.
Milliy terma jamoaga jalb etilgan «Nasaf» a`zosi Shohruh Gadoev esa payshanba kuni jamoa safiga qo`shiladi va 9 fevral kuni bo`ladigan nazorat o`yinida maydonga chiqish imkoniyatiga ega bo`ladi.