«Lokomotiv» «Ural»ga yutqazdi

BAAning «An-Nasr» jamoasiga qarshi OChL-2013 pley-off o`tish o`yiniga tayyorgarlik ko`rayotgan Toshkentning «Lokomotiv» klubi 4 fevral kuni Rossiyaning «Ural» jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Bu haqda «temiryo`lchilar» sayti xabar bermoqda.

O`yin 2:0 hisobida rus klubi foydasiga hal bo`ldi. O`yin davomida «Lokomotiv» ustozi Ravshan Muqimov ixtiyoridagi barcha futbolchilarni maydonga tushirdi. Klub rasmiy sayti ma`lumotiga ko`ra, OChL pley-off o`yini arafasida boshqa o`yin o`tkazilmaydi.

Eslatib o`tamiz, «An-Nasr» – «Lokomotiv» o`yini 9 fevral, shanba kuni bo`lib o`tadi. Ushbu o`yin g`olibi 2013 yilgi OChLning «S» guruhiga yo`l oladi.

Nazorat uchrashuvi
4 fevral, dushanba
«Lokomotiv» (O`zbekiston) - «Ural» (Rossiya) 0:2 (0:0)
Gollar:
Anton Kobalyako 80 pen, Aleksandr Novikov 88
«Lokomotiv»: Pavel Bugalo, Bobur Yo`ldoshov, Salim Mustafoev, Ruslan Melzitdinov, Viktor Karpenko, Dilshod Jabborov, Dilshod Rahmatullaev, Jasur Hasanov, Akmal Xolmatov, Aleksandr Shadrin, Zayniddin Tojiev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Temur G`aniev, Rustam A`zamov, Ibrohim Rahimov, Igor Timchenko, Ivan Nagaev, Pavel Smolyachenko, Sobir Usmonxo`jaev, Farhod Tojiev, Sadriddin Abdullaev.

mib
uzcard
cola
apex
bmb