«Bunyodkor» Dubaydan qaytdi

Toshkentning «Bunyodkor» futbol klubi 21 yanvardan 4 fevralga qadar Dubayda joriy mavsumdagi o`zining ikkinchi xorijiy yig`inini o`tkazdi va Toshkentga qaytib keldi. Bu haqda «Bunyodkor» rasmiy sayti xabar bermoqda.

«Qaldirg`ochlar» ushbu yig`in doirasida uchta nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi. Dastavval mahalliy «Sharja» klubi 3:0 hisobida mag`lubiyatga uchratildi. Keyin esa Moskvaning «Spartak» jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyat boy berildi. Yig`inning so`nggi nazorat o`yinidagi raqib BAAning amaldagi chempioni «Al-Ayn» bo`ldi. Ushbu uchrashuvda hisob ochilmadi – 0:0.

«Ta`kidlash joikzi, yuqoridagi uchrashuvlarda Mirjalol Qosimov jamoaning etakchi futbolchilari xizmatidan foydalana olmadi. Boisi aksariyat futbolchilar milliy terma jamoa ixtiyorida bo`lishdi», - deb yozadi «Bunyodkor» rasmiy sayti.

mib
uzcard
cola
apex
bmb