«Paxtakor» – BATE o`yinida darvozalarga ettita gol urildi

 

Turkiyada mavsumoldi yig`inlarini o`tkazayotgan 2012 yilgi O`zbekiston chempioni, Toshkentning «Paxtakor» klubi 6 fevral kuni Belarusning BATE jamoasiga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushdi. Bu haqda klub rasmiiy sayti xabar bermoqda.

O`yin 4:3 hisobida «Paxtakor» foydasiga hal bo`ldi. Uchrashuvning birinchi bo`limida hisob ochilmadi, biroq ikkinchi bo`limda Temurxo`ja Abduxoliqov, Sherzodbek Karimov, Aleksandr Merzlyakov va Kaxi Maxaradze tomonidan urilgan gollar Toshkent klubiga g`alaba keltirdi.

«Paxtakor» navbatdagi nazorat uchrashuvini 9 fevral kuni Polshaning «Podbeskidze» klubiga qarshi o`tkazadi.

Nazorat uchrashuvi
5 fevral, seshanba
BATE — «Paxtakor» 3:4 (0:0)
Gollar: Abduxoliqov, 51 - 0:1. A.Kontsevoy, 55 - 1:1. Karimov, 65 - 1:2. Kurlovich, 66 - 2:2. Merzlyakov, 79 - 2:3. Mozolevskiy, 81-pen - 3:3. Maxaradze, 89 - 3:4.
BATE: Sherbakov (Soroko, 70), Yurevich, Gayduchik, Sivakov (Kurlovich, 74), Volodko (Polyakov, 70), Rudik (Radkov, 60), Kurlovich (Gleb, 70), Olexnovich, Baga (Mozolevskiy, 70), Kontsevoy (Pavlov, 70), Badoyan (Kontsevoy, 80).
«Paxtakor»: Jo`raev, Merzlyakov (Olimov), Miladinovich (Suyunov), Ismatullaev, O`runov (Shamsiddinov), Maxaradze, Kozak, Karimov (Iskanderov), Shixov (Abduxoliqov), Sharofetdinov, Sergeev (Oganesyan).

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb