«Paxtakor» Turkiyada to`rtta o`yin o`tkazadi

Toshkentning «Paxtakor» klubi 3 fevral kuni navbatdagi xorij yig`inini o`tkazish uchun Turkiyaga yo`l oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Jamoa Turkiya yig`ini davomida to`rtta nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Jumladan, Murod Ismoilov shogirdlari 6 fevral kuni Belarusning «Torpedo», 9 fevral kuni Polshaning «Podbeskidze», 12 fevral kuni Makedoniyaning «Napredak» jamoalariga qarshi maydonga tushsa, so`nggi o`yin 15 fevral kuni Rossiyaning «Volga» klubiga qarshi o`tkaziladi.

Yig`inga jo`nab ketish arafasida «Paxtakor» Toshkentda navbatdagi nazorat uchrashuvini o`tkazgan edi. Jizzaxning «So`g`diyona» jamoasiga qarshi o`yinda «paxtakorchilar» 3:1 hisobida g`alaba qozonishdi. Gollar Sherzod Karimov va G`ulom O`runov (2ta gol) hisobiga yozildi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb