Farg`onaning «Neftchi» klubi mavsumoldi ikkinchi xorij yig`inini Turkiyada o`tkazadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Yuriy Sarkisyan shogirdlari navbatdagi xorij yig`inini o`tkazish uchun 8 fevral kuni Turkiyaga yo`l oladi.
Jamoa ayni vaqtda Farg`onada mashg`ulotlarni davom ettirmoqda.