«Olmaliq» 2 fevraldan Toshkentdagi mashg`ulotlarni davom ettirishni boshladi. Klub rasmiy sayti xabariga ko`ra, jamoa «O`zbekiston» mehmonxonasida istiqomat qilib, mashg`ulotlarni «Chilonzor» sun`iy qoplamali maydonida o`tkazmoqda.
«So`nggi nazorat bahsidan keyin jamoa tarkibida bo`lgan Baxtiyor Shokirov, Baxtiyor Turg`unboev va Aziz Mansurovlarga javob berilgan bo`lsa, «Bunyodkor»dan ko`rikka kelgan Aziz G`ulomxo`jaev «Navbahor» jamoasi tarkibiga borib qo`shilgan. Shuningdek, «Mash`al» jamoasidan kelgan Abbos Shodmonov ham o`z jamoasiga qaytadigan bo`ldi», - deb yozadi «Olmaliq» sayti.
«Jamoa tarkibiga esa Farg`onadan Elyor Mamasoliev kelib qo`shildi. Nazorat bahslarida ishtirok etib Igor Anatolevich nazariga tushgan Shamil Valiev va Doniyor Fozilovlar ham mashg`ulotlarda ishtirok etmoqda. 3 fevraldan jamoa safiga serbiyalik legioner Darko Stanoevich ham kelib qo`shiladi», - deyiladi «Olmaliq» saytida.