21-30 yanvar kunlari Toshkentda mavsum oldi yig`inini tashkil etgan «Dinamo» jamoasi Samarqandga qaytib keldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
«Poytaxtdagi ushbu yig`in doirasida qator nazorat uchrashuvlari tashkil etilib, unda bir nechta futbolchilar ko`rikdan o`tkazildi. Jumladan, jamoamiz «Paxtakor-2», «Metallurg», «Olmaliq», «Oqjetpes», «Buxoro» klublari bilan nazorat o`yinlarini o`tkazib, uchrashuvlarda bir g`alaba, ikki durang va ikki marotaba mag`lubiyatga uchradi», - deya xabar bermoqda «Dinamo» sayti.
Yangi mavsum arafasida qaysi futbolchilar bilan shartnoma imzolanishi fevralda Toshkentda o`tkaziladigan ikkinchi yig`indan so`ng ma`lum bo`ladi.