Chernogoriyalik yarim himoyachi Milosh Stoychev ma`lum muddat «Bunyodkor» mashg`ulotlarida ishtirok etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
«Bolqonlik futbolchi qariyb bir hafta mobaynida «qaldirg`ochlar» bilan shug`ullandi. Biroq uning hatti-harakatlari murabbiylar shtabini qoniqtirmadi va yarim himoyachiga javob berildi», - deya xabar bermoqda «Bunyodkor» rasmiy sayti.
Shuningdek, BAAning «Sharja» jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida jarohat olgan hujumchi Anvarjon Soliev esa davolanish kursini o`tamoqda.