«Sho`rtan» tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini boshladi

«Sho`rtan» 31 yanvar kuni G`uzorda to`plandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Klub rasmiy sayti xabariga ko`ra, jamoa shu kunning o`zidayoq to`rt kunlik tanaffusdan so`ng dastlabki mashg`ulotlarni o`tkazdi. Jamoa bosh murabbiyi Edgar Gessning so`zlariga ko`ra, navbatdagi yig`inda asosiy e`tibor kuch va tezlikni oshirishga, shuningdek, to`p bilan ishlashga qaratiladi.

Ayni paytda «Sho`rtan» mashg`ulotlarida quyidagi futbolchilar ishtirok etishmoqda: Aleksandr Korneychuk, Asror Aliqulov, Jasur O`runov, Yaroslav Krushelnitskiy, Botir Qodirqulov, Arturas Fomenko, Abbos Omonov, Jasur Boboev, Vyacheslav Ponomaryov, Dilyaver Abibullaev, Aleksandr Vostrikov, Temur Ayzatulov, Obid Jo`raboev, Pavel Solomin, Shukur Jumaboev, Jamol Otaqulov, Umar Eshmurodov, Tolib Ochilov, Elyor Intizomov, Bobir Sodiqov, Ibrohim Otaxonov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb