Toshkentning «Lokomotiv» klubi 31 yanvar kuni «Metallurg»ga qarshi o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Bu haqda «temiryo`lchilar» rasmiy sayti xabar bermoqda.
Do`rmonda bo`lib o`tgan uchrashuv 4:0 hisobida g`alaba qozondi. «Lokomotiv»ning gollari Zayniddin Tojiev, Sadriddin Abdullaev, Akmal Xolmatov va Farhod Tojiev hisobiga yozildi.
Bungacha jamoa Toshkent yig`ini doirasida Sirdaryo viloyatining «Guliston» jamoasiga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida g`alaba qozongan edi.
Nazorat uchrashuvi
31 yanvar, payshanba
«LOKOMOTIV» (Toshkent) – «Metallurg» (Bekobod) 4:0 (2:0).
Gollar: Z.Tojiev (10), S.Abdullaev (18), A.Xolmatov (75), F.Tojiev (85).
«Lokomotiv»: Pavel Bugalo, Sherzod Sharipov, Ruslan Melziddinov, Dilshod Jabborov, Salim Mustafoev, Bobur Yo`ldoshev, Viktor Karpenko, Alan Kusov, Sadriddin Abdullaev, Aleksandr Shadrin, Zayniddin Tojiev.
Zaxiradan tushganlar: Temur G`aniev, Rustam A`zamov, Pavel Smolyachenko, Sobir Usmonxo`jaev, Akmal Xolmatov, Ibrohim Rahimov, Farhod Tojiev, Bobur Tillaboev.