Nazorat uchrashuvi: «Bunyodkor» «Spartak»ga mag`lub bo`ldi

BAAda yangi mavsumga tayyogarlik ko`rayotgan Toshkentning «Bunyodkor» klubi 31 yanvar kuni Moskvaning «Spartak» klubi bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

«Shayx Zayd» stadionida kechgan uchrashuv «Spartak»ning 2:1 hisobidagi g`alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvning birinchi bo`limi 30-daqiqasida Artem Dzyuba Akbar To`raev qo`riqlayotgan darvozani ishg`ol etib, moskvaliklarni oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning ikkinchi bo`limi 64-daqiqasida «Spartak» yana bir gol kiritib oradagi farqni ikkitaga etkazadi - 2:0.

Mirjalol Qosimov shogirdlari o`yinning 83-daqiqasida penalti tepish huquqini qo`lga kiritdi. Igor Taranning nuqtadan tepgan zarbasi raqib darvozaboni tomonidan qaytarilgan bo`lsa-da, qaytgan to`pga birinchi bo`lib etib kelgan Lutfulla To`raev uni darvozaga joylab qo`ydi.

«Bunyodkor» (Toshkent) - «Spartak» (Moskva) - 1:2
Gollar: Lutfulla To`raev 83 - Artyom Dzyuba 29, Vladimir Obuxov 61.
Amalga oshirilmagan penalti: Igor Taran 83
«Bunyodkor» (boshlang`ich tarkib): Akbar To`raev, Anvar G`ofurov, Dilshod Jo`raev, Abduqaxxor Xojiakbarov, Javlon Ibrohimov, Lutfulla To`raev, Shavkat Salomov, Oleg Zoteev, , Kamoliddin Murzoev, Sahob Jo`raev, Aleksandr Pishur
«Spartak» (boshlang`ich tarkib): Sergey Pesyakov, Evgeniy Makeev, Marek Suxi, Xuan Insaurralde, Dmitriy Kombarov, Rafael Karioka, Kim Chelstryom, Xose Xurado, Dmitriy Kayumov, Ari, Artyom Dzyuba.

mib
uzcard
cola
apex
bmb