«Guliston» «Nasaf»ga imkoniyatni boy berdi

30 yanvar kuni Qibrayda «Nasaf» hamda «Guliston» o`rtasida nazorat uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bu haqda «Nasaf» rasmiy sayti xabar bermoqda.

Artur Gevorkyan va zaxiradan maydonga tushgan Zohid Abdullaev tomonidan qayd etilgan dubllar «Nasaf»ga 4:2 hisobida g`alaba keltirdi. Uchrashuvda «Nasaf» quyidagi tarkibda harakat qildi: Eldorbek Suyunov (G`ayratjon Hasanov) – Alisher Yusupov (Rahmatulla Berdimurodov), Hamza Karimov, Botir Qoraev, Mirzamurodov Jo`raboev – Suhrob Ne`matov (Sanjar Baratov), Ilhom Yunusov (Eldor Boymatov), Laziz Ubaydullaev, Artur Gevorkyan, Mirzakamol Kamolov (Farruh Sayfiev) – Ilhom Shomurodov (Zohid Abdullaev).

«Yanvar oyidagi mashg`ulotlarda asosan jismoniy tayyorgarlikka e`tibor qaratdik. Fevraldan o`quv-yig`in mashg`ulotlarni Turkiyada davom ettiramiz va nazorat uchrashuvlari davomida futbolchilarning imkoniyatlarin yana bir bor chamalab olamiz», - dedi «Nasaf» bosh murabbiyi Ro`ziqul Berdiev.

Qisqa ta`tildan keyin «Nasaf» futbolchilari 3 fevral kuni Toshkentda yig`ilishadi va 4 fevral kuni erta tongda Toshkent-Istambul-Antaliya havo yo`nalishi orqali Turkiyaga yo`l olishadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb