29 yanvar kuni 2012 yilgi O`zbekiston chempioni «Paxtakor» «Qizilqum»ga qarshi o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Bu haqda «Paxtakor» rasmiy sayti xabar bermoqda.
O`yin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etdi. Uchrashuvda birinchi bo`lib hisobni 17-daqiqada Dilshod Sharofetdinovning goli bilan ochgan bo`lsa, ikkinchi bo`limning 20-daqiqasida «Qizilqum» hujumchisi Navro`zbek Olimov hisobni tenglashtirdi. Ushbu hisob o`yin oxirigacha o`zgarmadi.
«Paxtakor» navbatdagi nazorat uchrashuvini 1 fevral kuni Jizzaxning «So`g`diyona» jamoasiga qarshi o`tkazadi.
Nazorat uchrashuvi
29 yanvar, seshanba
«PAXTAKOR» (Toshkent) - «Qizilqum» (Zarafshon) 1:1 (1:0)
GOLLAR: Sharofetdinov 17 - Olimov 66.
«PAXTAKOR»: Jo`raev, Merzlyakov, Ismatullaev, Miladinovich, Xolmuhammedov, Sharofetdinov, O`runov, Maxaradze, Shixov, Karimov, Abduxoliqov.
Zaxiradan tushganlar: Ribkin, Oganesyan, Qilichev, Babayan, Rajabov, Mirzarahimov, Rogovanov.