«Lokomotiv» «Guliston» va «Metallurg» bilan o`ynaydi

BAAdagi o`quv-mashg`ulot yig`inlarini yakunlab, Toshkentga qaytgan «Lokomotiv» OChL pley-off uchrashuviga Toshkentda tayyorgarlik ko`rmoqda.

Jamoa katta murabbiyi Hakim Fuzaylovning klub rasmiy saytiga bergan intervyusiga ko`ra, jamoa 26 yanvar kuni Oliy Liganing yangi vakili – «Guliston» hamda 31 yanvar kuni Bekobodning «Metallurg» jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvlarini o`tkazadi. Har ikkala o`yin ham jamoaning Do`rmondagi qarorgohida, tabiiy maysali maydonlarda bo`lib o`tadi.

2012 yilgi mavsum yakunlariga ko`ra, Oliy Liga 3-o`rinni egallab, 2013 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi bahslarida ishtirok etish huquqini qo`lga kiritgan «Lokomotiv» 9 fevral kuni BAAning «An-Nasr» jamoasi mehmoni bo`ladi. Agar bir uchrashuvdan iborat pley-off bahsida O`zbekiston klubi g`alaba qozonsa, OChLning guruh bosqichida Eronning «Sepohon», Qatarning «Al-Garafa» va Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Jamoa 1 fevral kuni BAAga jo`nab ketishni rejalashtirgan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb