
«Bunyodkor»ning OChL-2013dagi ilk o`yinini amirlik hakamlar boshqarib borishadi.
2012 yilgi O`zbekiston Kubogi sohibi, Toshkentning «Bunyodkor» klubi 2013 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi «G» guruhi 1-tur o`yinlari doirasidagi ilk uchrashuvni 27 fevral, chorshanba kuni Yaponiya chempioni «Sanfrechche Xirosima»ga qarshi safarda o`tkazadi. Uchrashuvni yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Jumladan, Ali Hamad al-Badvaviy o`yin bosh hakami etib tayinlangan bo`lsa, unga qanotlarda Solih Muhammad al-Marzuqiy va Muhammad Jasim al-Mehayriy yordam beradi. Hamad Ahmad Hoshimiy esa o`yinning to`rtinchi hakami sifatida qayd etilgan.
40 yoshli Ali Hamad al-Badvaviy oxirgi marta JCh-2014 saralash bahslari doirasidagi Eron va O`zbekiston terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuvni (1:0, O`zbekiston foydasiga) boshqarib borgani bilan o`zbekiston futbol ishqibozlari xotirasida juda yaxshi yodda qolgan. Badvaviy 2012 yil davomida, shuningdek, Osiyo Chempionlar ligasi doirasida «Bunyodkor» ishtirokidagi ikkita o`yinda ishlagan edi. Jumladan, musobaqa guruh bosqichidagi Janubiy Koreyaning «Poxang Stilerz» jamoasiga qarshi safar uchrashuvida Qosimov shogirdlari 2:0 hisobida g`alaba qozonishgan bo`lsa, «Ulsan Xyunday»ga qarshi yarim finalning Toshkentdagi o`yinida 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi.
«G» guruhi 1-turining ikkinchi o`yinida Janubiy Koreyaning «Poxang Stilerz» klubi o`z maydonida Xitoyning «Beyjing Guoan» klubini qabul qiladi.
OFK Chempionlar ligasi-2013
«G» guruhi, 1-tur uchrashuvi
«Sanfrechche Xirosima» (Yaponiya) – «Bunyodkor» (O`zbekiston)
Bosh hakam: Ali Hamad al-Badvaviy (BAA).
Yon qanot hakamlari: Solih Muhammad al-Marzuqiy (BAA), Muhammad Jasim al-Mehayriy (BAA).
To`rtinchi hakam: Hamad Ahmad Hoshimiy (BAA).
Nazoratchi: Sun Baojie (Xitoy).
Komissar: Kim Dong Ki (Janubiy Koreya).