«Paxtakor», «Bunyodkor» va «Lokomotiv» raqiblari ma`lum

O`zbekiston Oliy Ligasi vakillari 2013 yilgi Osiyo Chempionlar ligasidagi raqiblari nomini bilib olishdi. 6 dekabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda 2013 yilda o`ninchi mavsumini o`tkazadigan musobaqaning pley-off o`tish bosqichi va guruh bosqichiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.

O`zbekiston jamoalari orasida OChLdagi yurishini eng birinchi bo`lib Oliy Liga-2012da bronza medallarni qo`lga kiritgan Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi boshlaydi. Jamoa guruh bosqichi yo`llanmasi uchun, Dubayning «An-Nasr» klubiga qarshi maydonga tushadi. O`yin 9 fevral kuni BAAda bo`lib o`tadi.

Agar «Lokomotiv» ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli o`tsa, guruh bosqichida Eronning «Sepohon», Qatarning «Al-G`arafa» va Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Amaldagi O`zbekiston chempioni «Paxtakor» «V» guruhidan o`rin oldi va pley-off bosqichi yo`llanmasi uchun Qatarning «Lahviya», Saudiya Arabistonining «Al-Ittifoq» jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Guruhning to`rtinchi jamoasi nomi 9 fevral kuni o`tkaziladigan «Saboi Qum» (Eron) – «Ash-Shabob» (BAA) o`yinidan so`ng ma`lum bo`ladi.

OChL-2012dagi bu safar ham musobaqaning Sharq mintaqasida ishtirok etadigan O`zbekiston Kubogi sohibi «Bunyodkor» bu safar ham Janubiy Koreyaning «Poxang Stilerz» klubi bilan bir guruhdan joy oldi. Ular joy olgan «G» guruhida, shuningdek, Yaponiyaning «Sanfrechche Xirosima» va Xitoyning «Beyjing Guoan» klublari ham bor.

Ma`lumot o`rnida, guruh bosqichi bahslari 26 fevral kuni boshlanib, 1 may kuni yakuniga etadi. Musobaqa yangiligi sifatida, 2013 yilda nimchorak final bosqichi hamda final bosqichi o`yinlari ikki o`yindan (uyda-safarda) iborat bo`ladi.

OChL-2013, Pley-off o`tish bosqichi
9 fevral, shanba

«An-Nasr» (BAA) – «Lokomotiv» (O`zbekiston)

OChL-2013, «V» guruhi
«Lahviya» (Qatar)
«Al-Ittifoq» (Saudiya Arabistoni)
«Paxtakor» (O`zbekiston)
Pley-off bosqichi g`olibi («Saboi Qum» (Eron) – «Ash-Shabob» (BAA)).

OChL-2013, «C» guruhi
«Sepohon» (Eron)
«Al-G`arafa» (Qatar)
«Al-Ahli» (Saudiya Arabistoni)
Pley-off bosqichi g`olibi («An-Nasr» (BAA) – «Lokomotiv» (O`zbekiston)).

OChL-2013, «G» guruhi
«Sanfrechche Xirosima» (Yaponiya)
«Beyjing Guoan» (Xitoy)
«Poxang Stilerz» (Janubiy Koreya)

«Bunyodkor» (O`zbekiston) 

mib
uzcard
cola
apex
bmb