
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) jahon klublarining sentyabr oyi reytingini e`lon qildi. Unda O`zbekistonning ikki etakchi klubi ko`tarilishga muvaffaq bo`lgan.
OChL chorak final dastlabki uchrashuvida «Adelaida Yunayted» bilan durang o`ynab qaytgan Toshkentning «Bunyodkor» klubi avvalgi oydagi natijasidan 13 pog`ona yuqoriga ko`tarilgan hamda 186-o`ringa joylayshgan. «Bunyodkor» bilan durang natija qayd etgan «Adelaida» ham 17 pog`ona yuqorilaganini ta`kidlash lozim. Ushbu ikki jamoa bir xil - 93.0 ochko bilan reytingning 186-o`rnida yonma-yon borishmoqda.
Toshkentning boshqa bir jamoasi «Paxtakor» esa, o`tgan oyda xalqaro rasmiy o`yinlarda o`ynamagan bo`lsa-da, sezilarli ko`tarilishga erishgan. «Paxtakor» o`tgan oyda egallab turgan o`rni - 286-o`rindan 237-pog`onaga chiqib olishgan.
O`zbekiston chempionatida uchinchi pog`onada borayotgan Qarshining «Nasaf» klubi esa, aksincha biroz pastlagan. O`tgan oy reytingida 314-o`rinda qayd etilgan «Nasaf» bu oygi reytingning 367-pog`onasini egallab turibdilar.
Umumiy reytingda hali ham Kataloniyaning «Barselona» klubi peshqadamlik qilmoqda. Undan keyingi o`rinlarda Chilining «Universidad», Ispaniyaning «Real», Argentinaning «Boka Xuniors» klublari bormoqda. Evropa Ligasi sohibi, Madridning «Atletiko» klubi 5-o`rinda borayotgan bo`lsa, Evropa Chempionlar Ligasi chempioni – Londonning «Chelsi» jamoasi 6-o`rinni band etgan.