O`zbekistonlik hakamlar – Tailand chempionatida

O`zbekistonlik futbol hakamlari Tailanddagi ichki musobaqalarni boshqarish uchun taklif oldi.

2012 yilgi Oliy Liga o`yinlarini boshqarishga tavsiya qilingan toshkentlik bosh hakam Olimjon Tolibjonov, shuningdek, 2012 yilgi Oliy Liga o`yinlarida ishlash uchun tavsiya qilingan toshkentlik yon qanot hakamlari – Temur Abdullaev va Ruslan Serazitdinov Tailand chempionati va Kubogi o`yinlarini boshqarishadi.

O`zbekistonlar hakamlar 29 avgust kuni Tailandga etib borishadi va 9 sentyabr kuni ortga qaytishadi. Bu vaqt oralig`ida ular ikkita rasmiy o`yinda hakamlik qilishadi. Dastlabki o`yin 2 sentyabr kuni o`tkazilsa, ikkinchi o`yin 8 sentyabr bo`lib o`tadi.

Ma`lumot o`rnida, Olimjon Tolibjonov Oliy Liganing o`tgan 15 turi davomida 8ta uchrashuvni boshqarib borgan. Ushbu uchrashuvlarning teng yarmida maydon egalari g`alaba qozonishgan bo`lsa, qolganlarida durang natija qayd etilgan. 2012 yilgi Oliy Liga o`yinlari davomida Tolibjonov jami 34 marta sariq va 2 marta qizil kartochka ko`rsatgan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb