«Bunyodkor» Jasur Hasanovni OFK Chempionlar Ligasi uchun ro`yxatdan o`tkazdi

«Bunyodkor» Osiyo Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida ishtirok etadigan futbolchilar ro`yxatini OFKga taqdim etdi.

OFKga taqdim etilgan yangi ro`yxatdan to`rt nafar yangi futbolchi o`rin olgan. Bular, «Bunyodkor-2» darvozaboni Zafar Safaev, 2012 yilning birinchi yarmini BAAning «Emireyts» klubida o`tkazgan yarim himoyachi Jasur Hasanov hamda hujumchilar – birinchi davrada «Yangier»da to`p surgan Rasuljon Shuhratov va «Nasaf»dan ijara asosida olingan Ilhom Shomurodovdir.

OFK Chempionlar Ligasining bahorgi o`yinlari zayavkasiga kiritilgan qirg`izistonlik yarim himoyachi Emil Kenjiseriev (Qozog`istonning «Aktobe» klubiga o`tdi), Yannis Manzukas («Mash`al»), hujumchi Anvar Rajabov («Buriram Yunayted», Tailand) jamoani tark etgan bo`lsa, darvozabon Nodir Ibrohimov bilan shartnoma bekor qilingan.

«Bunyodkor» ro`yxatda jami 30 nafar futbolchini ko`rsatgan bo`lib, ulardan uch nafari legionerlardir. To`liq tarkib bilan «Bunyodkor» rasmiy saytida tanishish mumkin.

Eslatib o`tamiz, «Bunyodkor» OFK Chempionlar Ligasi chorak finalida Avstraliyaning «Adelaida Yunayted» jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Dastlabki o`yin 19 sentyabr kuni Adelaidada bo`lib o`tsa, javob o`yini 3 oktyabr kuni Toshkentda o`tkaziladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb