IFFHS reytingi: Oliy Liga peshqadamlari reytingda yuqoriladi

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) jahon klublarining iyul oyi reytingini e`lon qildi. Unda O`zbekistonning uchta etakchi klubi ko`tarilishga muvaffaq bo`lgan.

Amaldagi O`zbekiston chempioni hisoblangan Toshkentning «Bunyodkor» klubi 171-o`rindan 142-o`rinda ko`tarilgan bo`lsa, amaldagi O`zbekiston Kubogi sohibi, Toshkentning «Paxtakor» jamoasi esa 272-pog`onadan 50 o`rin yuqorilab, 222-o`ringa chiqib olgan.

Mavsumning birinchi yarmida Osiyoning eng kuchli o`n klubida qatorida bo`lgan Qarshining «Nasaf» jamoasi esa 293-o`rindan 211-o`ringa ko`tarilgan. 2012 yilgi OFK Kubogi bahslarida ishtirok etgan Farg`onaning «Neftchi» jamoasi esa reytingda bu safar pastlagan. Jamoa o`tgan oy 383-o`rinda edi, bu safar esa 394-pog`onada bormoqda.

Osiyo klublari orasida Janubiy Koreyaning «Chonbuk Motors» jamoasi peshqadam bo`lib turibdi. U umumiy reytingda 61-o`rinda bormoqda. Kuchli o`ntalikda Janubiy Koreyadan beshta («Chonbuk»dan tashqari – «Ulsan Xyonday» (Osiyoda – 2, jahonda – 64), «Suvon Blyuingz» (4, 82), «Syongnam Ilva» (5, 90), «Poxang Stilerz» (8, 100)), Yaponiya va Erondan ikkitadan («Kashiva Reysol» (3, 80), «Nagoya Grempus» (10, 110); «Istiqlol» (6, 91), «Sepohon» (7, 93)), Saudiya Arabistonidan bitta («Al-Hilol» (9, 110)) o`rin olgan.

Umumiy reytingda hali ham Kataloniyaning «Barselona» klubi peshqadamlik qilmoqda. Undan keyingi o`rinlarda Chilining «Universidad», Ispaniyaning «Real», Germaniyaning «Bavariya» klublari bormoqda. Evropa Ligasi sohibi, Madridning «Atletiko» klubi 5-o`rinda borayotgan bo`lsa, Evropa Chempionlar Ligasi chempioni – Londonning «Chelsi» jamoasi 7-o`rinni band etgan.

IFFHS reytingining to`liq ko`rinishi bilan bu erda tanishish mumkin.

mib
uzcard
cola
apex
bmb