OFK Chempionlar Ligasi yarim final muddati o`zgarishi mumkin

OFK Ijroiya qo`mitasi OFK Musobaqalar qo`mitasining OFK Chempionlar Ligasi yarim final sanalariga o`zgartirish kiritish to`g`risidagi qarorini ma`qulladi.

Agar Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubi Osiyo Chempionlar Ligasi yarim final bosqichi yo`llanmasini qo`lga kiritsa, musobaqa o`yinlari taqvimiga o`zgartirish kiritilishi mumkin. Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasining 9 iyundagi xatiga asosan, OFK Musobaqalar qo`mitasi 18 iyul kuni qabul qilgan qarorni 19 iyul kuni OFK Ijroiya qo`mitasi ma`qulladi. Unda, jumladan, shunday deyiladi:

«Agar Saudiya Arabistoni klubi OFK Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqsa va 2012 yilning 24 oktyabr kuniga belgilangan dastlabki o`yinni o`z maydonida o`tkazishiga to`g`ri kelsa, mamlakatingizda Haj mavsumi sabab, Qo`mita o`yin muddatini 24 oktyabrdan 22 oktyabrga ko`chirishni ma`qullaydi».

OFK Chempionlar Ligasi yarim final o`yinlari 24 va 31 oktyabr kunlari bo`lib o`tadi. Yarim final yo`llanmasini uchun ayni vaqtda to`rtta juftlik – «Al-Ittihod» (Saudiya Arabistoni) – «Guangchjou Evergrand (Xitoy), «Sepohon» (Eron) – «Al-Ahli» (Saudiya Arabistoni), «Adelaida Yunayted» (Avstraliya) – «Bunyodkor» (O`zbekiston), «Ulsan Xyonde» (Janubiy Koreya) – «Al-Hilol» (Saudiya Arabistoni) bahs olib boradi. Chorak final bahslari 19 sentyabr va 2 oktyabr kunlariga belgilangan.

Yarim finalda dastlab «Al-Ittihod»/»Guangchjou» juftligi g`olibi «Sepohon»/»Al-Ahli» g`olibiga qarshi maydonga tushsa, «Adelaida Yunayted»/»Bunyodkor» g`olibi «Ulsan»/»Al-Hilol» g`olibiga qarshi maydonga tushadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb