OFK komissiyasi 2 avgustda keladi

2-9 avgust kunlari OFK komissiyasi O`zbekiston Oliy Liga klublarini tekshiruvdan o`tkazadi.

Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasining 2013-2014 yillardagi kvotasi 2012 yil oktyabrida qabul qilinajak qarorga asosan belgilanadi. Shu jihatdan, OFK komissiyasining avgust oyida O`zbekiston tashrif buyurishi muhim ahamiyatga ega. OFK, O`zbekistondan tashqari, Yaponiya, Xitoy, Tailand, Eron, Avstraliyaga ham o`z delegatsiyalarini jo`natadi. Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Qatar va BAAga OFK inspektsiyasi bormaydi, bu milliy uyushmalari zarur hujjatlarni taqdim etishsa bas.

2 avgust kuni O`zbekiston etib keladigan OFK komissiyasi shu kunning o`zidayoq klublarni tekshirishni boshlaydi. Komissiya klublarning texnik (bolalar futboli), huquqiy, moliyaviy, marketing va media yo`nalishlaridagi faoliyatini tekshiruvdan o`tkazadi. Shuningdek, Oliy Liga bahslari doirasida kamida bitta o`yinning (Oliy Liga, 14-tur, 3 avgust: «Buxoro» – «Neftchi») tashkil etilishini ko`rib chiqadi.

«Bunyodkor» va «Paxtakor» klublari bu yilgi tekshiruv rejasiga kiritilmagan. Komissiya Oliy liganing 12 klubi va 11 stadionini ko`rikdan o`tkazadi.

OFK komissiyasi ish rejasi
2 avgust, payshanba. «Lokomotiv» FK («Lokomotiv» stadioni).
3 avgust, juma. «Buxoro» FK («Buxoro» stadioni).
4 avgust, shanba. «Mash`al» FK (Bahroim Vafoev nomli stadion), «Nasaf» FK (Markaziy stadion, Qarshi).
5 avgust, yakshanba. «Sho`rtan» FK (Markaziy stadion, G`uzor), «Dinamo» FK («Dinamo» stadioni).
6 avgust, dushanba. «Metallurg» FK («Metallurg» stadioni, Bekobod), «Olmaliq» FK («Metallurg» stadioni, Olmaliq).
7 avgust, seshanba. «Qizilqum» FK («Progress» stadioni).
8 avgust, chorshanba. «Andijon» FK («Barkamol avlod» stadioni, Andijon), «Navbahor» FK, «Neftchi» FK («Farg`ona» stadioni).
9 avgust, payshanba. O`FF va O`zPFL vakillari bilan uchrashuv. Jurnalistlar ishtirokida matbuot anjumani.

mib
uzcard
cola
apex
bmb