Chempionlar ligasi kvotalari ko`rib chiqiladi

17 iyul kuni Kuala-Lumpurda OFK Professional futbolni rivojlashtirish qo`mitasi yig`ilishi boshlandi. Unda Osiyo Chempionlar ligasi kvotalari ko`rib chiqiladi. Kvotalar musobaqada ishtirok etuvchi mamlakatlarga boradigan OFK inspektsiyasi xulosasiga asosan bo`lib chiqiladi.

2012 yilda OFK inspektsiyasi Yaponiya, Xitoy, Tailand, Eron, Avstraliya, O`zbekistonga borib, Osiyo Chempionlar ligasi talablari ijrosining ahvoli bilan birma-bir tanishib chiqadi. Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Qatar va BAAga esa OFK inspektsiyasi bormaydi, bu milliy uyushmalari zarur hujjatlarni taqdim etishsa bas.

OFK Chempionlar ligasi kriteriyalari tekshiruvidan so`ng Sharq va G`arb mintaqalarida eng ko`p ball olgan federatsiyalar reytingi tuzib chiqiladi. Eng ko`p ball to`plagan ikkitadan mamlakatning har biriga to`rttadan yaxlit Chempionlar ligasi kvotalari ajratiladi. Reytingda uchinchi o`rinni egallagan mamlakatlarga esa Osiyo klublarining eng nufuzli musobaqasi uchun 3+1 ko`rinishida yo`llanma beriladi.

OFK Chempionlar ligasining yangi kriteriyalari asosidagi tekshiruv natijalariga ko`ra, har bir mintaqaning to`rtinchi mamlakatiga 2+1, beshinchi mamlakatiga esa 1+1 ko`rinishida kvota ajratiladi. Reytingda oltinchi, ettinchi va sakkizinchi o`rinni egallagan mamlakatlar esa Osiyo Chempionlar ligasining pley-off bosqichi bahslarida ishtirok etishadi (ya`ni, ularga 0,5 (yarimta) yo`llanma beriladi).

Shunday qilib, O`zbekiston 3+1 ko`rinishidagi kvotalarni saqlab qolishi uchun yangi kriteriyalar bo`yicha tuziladigan reytingda uchinchi o`rinni egallashi kerak bo`ladi.

OFK Chempionlar ligasi kvotalari ayni vaqtda Kuala-Lumpurda o`tayotgan OFKning Professional futbolni rivojlantirish qo`mitasining majlisida muhokama qilinmoqda. Yangi kvotalarni ajratish to`g`risidagi qarori 2012 yil oktyabr oyida, litsenziyalash jarayoni tugaganidan so`ng qabul qilinadi. Buning uchun, qo`mitaning ushbu qarorini OFK Musobaqalarni o`tkazish qo`mitasi ratifikatsiya qilishi, keyin esa OFK Ijroiya qo`mitasi tasdiqlashi kerak bo`ladi. Shundan so`ng, ya`ni, 2013 yildan boshlab bu qaror va kvotalar kuchga kiradi.

Ma`lumot o`rnida ta`kidlash joiz, OFK Professional futbolni rivojlantirish qo`mitasi majlisida O`zbekiston Professional futbol ligasi direktori Farhod Magametov va «Paxtakor» futbol klubi vitse-prezidenti Samvel Babayan ishtirok etmoqda.

mib
uzcard
cola
apex
bmb