O`zbekiston Oliy Ligasi jahonda 35, Osiyoda 9-o`rinda

Jahon futboli tarixi va statistikasi federatsiyasi milliy ligalarning yangi reytingini e`lon qildi. Unga ko`ra, O`zbekiston Oliy Ligasi 122 davlat orasida 35-o`rinni egallab turibdi.

Osiyo mamlakatlari orasida eng yuqori ko`rsatkich Janubiy Koreya Key-ligasi tomonidan qayd etilgan. Koreya chempionati jahon reytingida 12-pog`onada borayotgan bo`lsa, 15-o`rinni egallagan Saudiya Arabistoni chempionati Osiyoning ikkinchi eng kuchli ligasi sifatida qayd etilgan. Eron chempionati IFFHS reytingi tarixida birinchi marta Yaponiya Jey-ligasini ortda qoldirib, uchinchi o`ringa chiqib olgan bo`lsa, 5-8-o`rinlarni Kuvayt (22), Malayziya (23), Avstraliya (29) va BAA (30) ligalari band etgan.

O`zbekiston Oliy Ligasi jahon miqyosida 35, Osiyo mamlakatlari orasida esa 9-chempionat bo`lib turibdi. Kuchli o`nlikni Tailand ligasi (36) yakunlab bergan.

Kuvayt, Malayziya kabi mamlakatlar 2012 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etgani yo`q. Musobaqaning bu yilgi bahslarida ishtirok etgan mamlakatlardan biri, ayni vaqtda klublari jahon futbolining eng yorqin yulduzlarini o`z safiga taklif etayotgan Xitoy chempionati 51-o`rinda qayd etilgan bo`lsa, Qatar Yulduzlar Ligasi 46-pog`onada bormoqda. OChLda bir klubi bilan ishtirok etgan Indoneziya esa 45-o`rinda.

IFFHSning qayd etishicha, agar shu ruhda davom etadigan bo`lsa, Saudiya Arabistoni hamda Eron chempionatlari yil so`nggida reytingda yana o`sishga muvaffaq bo`lishlari mumkin.

Reytingning to`liq ko`rinishi bilan IFFHS saytida tanishish mumkin.

mib
uzcard
cola
apex
bmb