«Bunyodkor» – «Adelaida Yunayted» hakamlari safida o`zgarish

O`zbekistonning «Bunyodkor» hamda Avstraliyaning «Adelaida Yunayted» klublari o`rtasidagi OChL chorak final javob uchrashuvi hakamlari safida o`zgarish yuz berdi.

3 oktyabr kuni Osiyo Chempionlar Ligasi chorak final javob uchrashuvlari doirasida O`zbekiston chempioni «Bunyodkor» hamda Avstraliyaning «Adelaida Yunayted» klublari o`rtasidagi o`yin bo`lib o`tadi. Ushbu o`yinni bahraynliklar hakamlar brigadasi boshqarib borishi haqida avval xabar berilgan edi.

Uchrashuv bosh hakami Ibrohim Abdulnabining yordamchilaridan biri – Abdulla Alallan o`rniga Toshkentdagi o`yinda Said Jalol Alaviy ish olib boradi. Bungacha ikkinchi yordamchi hakam sifatida ko`rsatilgan Muhammad Salmon esa birinchi yordamchi hakamga aylangan.

Eslatib o`tamiz, «Bunyodkor» hamda «Adelaida Yunayted» o`rtasidagi dastlabki o`yin 19 sentyabr kuni Adelaida shahrida bo`lib o`tadi. Ushbu uchrashuvni ummonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Osiyo chempionlar ligasi, chorak final, javob uchrashuvi
3 oktyabr, chorshanba
«Bunyodkor» (O`zbekiston) - «Adelaida Yunayted» (Avstraliya)
Bosh hakam:
Ibrohim Abdulnabi (Bahrayn)
Yordamchi hakamlar: Muhammad Salmon va Said Jalol Alaviy (ikkalasi Bahrayn)
To`rtinchi hakam: Muhammad Jamil Juma (Bahrayn)
Nazoratchi: Xusayn Asqariy (Eron)
Komissar: Salmon Muhammad Namshan (Saudiya Arabistoni)

mib
uzcard
cola
apex
bmb