OChL, chorak final. «Adelaida Yunayted» – «Bunyodkor» o`yinida ummonlik hakamlar

O`zbekiston chempioni «Bunyodkor» hamda Avstraliyaning «Adelaida Yunayted» klublari o`rtasidagi OChL chorak final dastlabki o`yinini ummonlik hakamlar boshqarib borishadi.

19 sentyabr kuni OFK Chempionlar Ligasi chorak final bahslari start oladi. Shu kuni O`zbekiston chempioni, Toshkentning «Bunyodkor» klubi mehmonda Avstraliyaning «Adelaida Yunayted» klubiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuvni Abdulloh al-Hiloliy boshchiligidagi ummonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Hiloliyga qanotlarda vatandoshlari Hamid al-Mayohiy hamda Xolid al-Hinoiy yordam beradi. Ummonlik Ibrohim al-Husniy uchrashuvning to`rtinchi hakami sifatida ko`rsatilgan.

Ma`lumot o`rnida, 3 oktyabr kuni Toshkentda bo`lib o`tadigan OChL chorak final javob o`yinida avstraliyaliklar hakamlar ishlashadi.

OFK Chempionlar Ligasi, chorak final, dastlabki uchrashuv
19 sentyabr, chorshanba
«Adelaida Yunayted» (Avstraliya) – «Bunyodkor» (O`zbekiston)
Bosh hakam:
Abdulloh al-Hiloliy (Ummon).
Yordamchi hakamlar: Hamid al-Mayohiy (Ummon), Xolid al-Hinoiy (Ummon).
To`rtinchi hakam: Ibrohim al-Husniy (Ummon).
Nazoratchi: Krishnan Vishvanatan (Singapur).
Komissar: Mahd Ali Talal (Iordaniya).

mib
uzcard
cola
apex
bmb