
O`zbekiston chempioni «Bunyodkor»ning Osiyo Chempionlar Ligasi chorak finali bosqichidagi Avstraliyaning «Adelaida Yunayted» jamoasiga qarshi javob o`yinini bahraynlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
3 oktyabr kuni Toshkentning «Bunyodkor» hamda Adelaidaning «Adelaida Yunayted» klublari o`rtasida Osiyo Chempionlar Ligasi chorak final javob o`yini bo`lib o`tadi. O`yinni bahraynlik Ibrohim Abdulnabi boshqarib boradi, unga qanotlarda vatandoshlari – Abdulloh Alallan va Muhammad Salmon yordam beradi. Saudiya Arabistonilik Salmon Muhammad Namshan uchrashuvning to`rtinchi hakami sifatida ko`rsatilgan.
Eslatib o`tamiz, «Bunyodkor» hamda «Adelaida Yunayted» o`rtasidagi OChL chorak final dastlabki uchrashuv 19 sentyabr kuni Adelaidadagi «Hindmarsh» stadionida bo`lib o`tadi.
3 oktyabr, 2012 yil
Osiyo chempionlar ligasi, chorak final
«Bunyodkor» - «Adelaida Yunayted»
Bosh hakam: Ibrohim Abdulnabi (Bahrayn)
Yordamchi hakamlar: Abdulla Alallan va Muhammad Salmon (ikkalasi Bahrayn)
To`rtinchi hakam: Muhammad Jamil Juma (Bahrayn)
Komissar: Salmon Muhammad Namshan (Saudiya Arabistoni)
Inspektor: Xusayn Asqariy (Eron)