Mirjalol Qosimov – may oyining Osiyodagi eng yaxshi murabbiyi

Xalqaro «Goal.com» internet-nashri tanloviga ko`ra, Toshkentning «Bunyodkor» klubi bosh murabbiyi may oyida Osiyoning eng yaxshi murabbiyi, deb topildi.

«Bunyodkor»ning 41 yoshli ustozi jamoasini O`zbekiston Professional futbol ligasi peshqadamiga aylantirdi hamda uning jamoasi may oyi davomida o`zi ishtirok etayotgan birorta ham musobaqa mag`lubiyatga uchramadi. Osiyo Chempionlar Ligasi nimchorak finalida «Syongnam Ilva»ni safarda 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratishda jamoasining ilhomlantiruvchisi bo`ldi», - deb yozadi Mirjalol Qosimov haqida «Goal.com» internet-nashri.

May oyida «Bunyodkor» Oliy Liga bahslari doirasida uchta, shuningdek, Osiyo Chempionlar Ligasi doirasida ham shuncha o`yin o`tkazdi. Oliy Liga bahslarida «Buxoro», «Olmaliq» hamda «Dinamo»ga qarshi maydonga tushgan toshkentliklar barcha uchrashuvlarda g`alaba qozonishdi.

Osiyo Chempionlar Ligasidagi uchta o`yindan ikkitasi musobaqaning guruh bosqichiga to`g`ri keldi. 5-turda jamoa safarda, Avstraliyaning «Adelaida Yunayted» jamoasiga qarshi to`p surib, 0:0 hisobida durang o`ynagan bo`lsa, guruh bosqichini Toshkentda, Janubiy Koreyaning «Poxang Stilerz» jamoasiga qarshi 1:0 hisobidagi g`alaba bilan yakunladi.

29 may kuni bo`lib OChL nimchorak final o`yinida esa, safarda to`p surishiga qaramay, Qosimov shogirdlari 1:0 hisobida g`alaba qozonishdi. Jamoa ikki yillik tanaffusdan so`ng OChL chorak finalida to`p suradigan bo`ldi.

Ta`kidlash joiz, Qosimov bungacha ham jamoani ikki marta OChL chorak finaliga qadar etaklab borgan. Jumladan, 2008 yilgi mavsumda chorak finaldan keyin jamoani Qosimovdan braziliyalik Ziko qabul qilib olgan bo`lsa, 2009 yilgi mavsumda aynan chorak final bosqichida Qosimov jamoani Luiz Felipe Skolariga topshirgan edi. Har ikkala safar ham braziliyalik mutaxassislar muvafaqqiyatsizlikka uchrashgan.

«Goal.com» nashri tomonidan Mirjalol Qosimov murabbiy etib tayinlangan oy terma jamoasida o`zbekistonlik birorta ham futbolchi o`rin olmagan.

Ma`lumot o`rnida, O`zbekiston futbol federatsiyasi may oyining eng yaxshi murabbiy va futbolchisi uchun ommaviy axborot vositalari ovozini qabul qilishni boshlagan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb