OFK Kubogi: «Neftchi» yirik hisobda mag`lub bo`ldi

Farg`onaning «Neftchi» klubi OFK Kubogi chorak finaliga chiqa olmadi.
 
23 may, chorshanba kuni OFK Kubogi nimchorak final o`yinlari doirasida Farg`onaning «Neftchi» klubi Iroqda mahalliy «Arbil» jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 4:0 hisobida maydon egalari g`alabasi bilan yakuniga etdi.
 
Uchrashuvning birinchi bo`limida Muslim Muborak hisobni ochgan bo`lsa, ikkinchi bo`limda Abdulrazzoq Husayn va Amjid Radhi bir martadan «Neftchi» darvozasini aniq nishonga olgan bo`lsa, o`yin yakunlanishi arafasida Shukurali Po`latov o`z darvozasini ishg`ol qilib qo`ydi.
 
OFK Kubogi, 1/8 final uchrashuvi
23 may, chorshanba
«ARBIL» (Iroq) – «NEFTChI» (O`zbekiston)4:0
Hakam: Vo Min Tri (Vetnam).
«Neftchi»: E. Isaboev, Sh. Nasibullaev, Sh. Po`latov, O. Nurboev, D. Ermatov, B. Yoqubov (A. Berdiev, 76), M. Saidov (Sh. Hakimov, 84 ), I. Akramov, P. Smolyachenko, S. Mirzaev, O. Isroilov (S. Soibov, 65 ).
Gollar: Muslim Muborak (40), AbdulrazzoqHusayn (68), Amjid Radhi (88), Sh. Po`latov (90+1, avtogol).
Ogohlantirishlar: Saloh (17), Husayn Abdulvohid (17), Hadim Saboq (44) – I. Akramov (67).

16000 tomoshabin.

mib
uzcard
cola
apex
bmb