
Oliy Liga 9-tur uchrashuvlari start oldi.
Oliy Liga 9-tur uchrashuvlarini 18 may, juma kuni Farg`onaning «Neftchi» hamda G`uzorning «Sho`rtan» klublari o`rtasidagi bahs ochib berdi. Farg`onada bo`lib o`tgan bahsda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.
Dastlab mezbonlar hujumchisi Anvar Berdiev penaltidan gol urib, chempionatdagi gollari sonini to`rttaga etkazgan bo`lsa, ko`p o`tmay «Sho`rtan» etakchisi Igor Taran mavsumdagi beshinchi golini urib (bu gol uni, 9-turdan so`ng, chempionatning eng yaxshi to`purariga aylantirdi), hisobni tenglashtirdi. Ushbu hisob o`yin yakuniga qadar o`zgarmadi. Birinchi bo`lim yakunlanishi arafasida mehmonlar biri kishi kam bo`lib qolishdi.
Turning qolgan uchrashuvlari 19-21 may kunlari bo`lib o`tadi.