
OFK Osiyo Chempionlar Ligasi nimchorak final o`yinlarida o`zbekistonlik hakamlar ham ishlaydi.
Osiyo Chempionlar Ligasi nimchorak final o`yinlari doirasida 23 may kuni bo`lib o`tadigan «Al-Ittihod» (Saudiya Arabistoni) – «Persepolis» (Eron) uchrashuvini o`zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam Valentin Kovalenkoga qanotlarda Rafael Ilyosov va Ma`mur Saidqosimov yordam berishadi. Vladislav Tseytlin to`rtinchi hakam sifatida ro`yxatdan o`tkazilgan.
Valentin Kovalenko Osiyo Chempionlar Ligasining bu yilgi mavsumida jami beshta uchrashuvni boshqardi. Pley-off bosqichida «Istiqlol» (Eron) – «Al-Ittifoq» (Saudiya Arabistoni) uchrashuvini (3:1) boshqargan Kovalenko guruh bosqichida yana to`rtta o`yinda ishladi.
1-turda «Brisben Roar» (Avstraliya) – «Tokio» (Yaponiya, 0:2), 2-turda «Al-Ahli» (Saudiya Arabistoni) – «Sepohon» (Eron, 1:1), 3-turda «Sentral Kost» (Avstraliya) – «Syongnam Ilva» (Janubiy Koreya, 1:1), «Guangchjou Evergrand» (Xitoy) – «Chonbuk Motors» (Janubiy Koreya, 1:3) uchrashuvlarini boshqargan Kovalenko uchun nimchorak finaldagi o`yin mavsumdagi oltinchi o`yin hisoblanadi. U ushbu ko`rsatkich bo`yicha Ravshan Ermatovdan o`tib ketdi.
OChL, nimchorak final uchrashuvi
23 may, chorshanba
«Al-ITTIHOD» (Saudiya Arabistoni) – «PERSEPOLIS» (Eron)
Bosh hakam: Valentin Kovalenko (O`zbekiston).
Yon qanotlari hakamlari: Rafael Ilyosov (O`zbekiston), Ma`mur Saidqosimov (O`zbekiston).
Zaxira hakami: Vladislav Tseytlin (O`zbekiston).
Nazoratchi: Chjong Chul Kvon (Janubiy Koreya).
Komissar: Devid Penano (Filippin).