
OFK Osiyo Chempionlar Ligasining nimchorak final o`yinlarini boshqarib boruvchi hakamlar nomini e`lon qildi.
OFK Chempionlar Ligasi nimchorak final o`yinlari doirasida 29 may, chorshanba kuni bo`lib o`tadigan «Syongnam Ilva» (Janubiy Koreya) – «Bunyodkor» (O`zbekiston) uchrashuvini eronlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam Muhsin Turkiyga qanotlarda Muhammadrizo Abulfazliy va Rasul Farog`iy yordam bersa, Yadulloh Jahonboziyga zaxira hakami sifatida ko`rsatilgan.
Ma`lumot o`rnida aytish joiz, 2012 yilgi mavsumning o`zida Muhsin Turkiyda «Bunyodkor» ishtirokidagi o`yinni boshqarish imkoniyati bo`lgan edi, biroq, so`nggi lahzada, «Gamba Osaka» (Yaponiya) – «Bunyodkor» o`yiniga tailandlik Chayya Mahapab tayinlangandi. Shunga qaramay, Muhsin Turkiy bu yilgi mavsum doirasida OChLda «Neftchi» hamda «Paxtakor» ishtirokidagi o`yinlarda bosh hakamlik qildi.
OFK Chempionlar Ligasi, nimchorak final uchrashuvi
29 may, chorshanba
«Syongnam Ilva» (Janubiy Koreya) – «Bunyodkor» (O`zbekiston)
Bosh hakam: Muhsin Turkiy (Eron).
Yon qanot hakamlari: Muhammadrizo Abulfazliy (Eron), Rasul Farog`iy (Eron).
Zaxira hakami: Yadulloh Jahonboziy (Eron).
Nazoratchi: Krishnan Vishvanatan (Singapur).
Komissar: Kar Gutam (Hindiston).