«Paxtakor» nimchorak final yo`llanmasini qo`lga kirita olmadi

«Paxtakor» keyingi bosqich masalasi hal qilinadigan o`yinda imkoniyatni boy berdi.

16 may kuni OChL «V» guruhi 6-tur bahslari doirasida Toshkentning «Paxtakor» klubi BAAda mahalliy «Baniyas» jamoasi mehmoni bo`ldi. Ushbu o`yin arafasida keyingi bosqich yo`llanmasini qo`lga kiritish imkoniga ega bo`lgan Deyan Jurjevich bu safar faqat g`alaba uchun maydonga tushishlari kerak edi. Biroq bahs «paxtakorchilar»ning 0:2 hisobidagi mag`lubiyati bilan yakuniga etdi.

Ushbu g`alabadan so`ng «Baniyas»ning ochkolari soni 11ta etib, nimchorak final yo`llanmasini qo`lga kiritgan bo`lsa, «Paxtakor» guruh bosqichini 7 ochko bilan yakunlaydigan bo`ldi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb