
16 may kuni O`zbekiston Oliy Ligasi klublari OChL guruh bosqichidagi so`nggi uchrashuvlarni o`tkazishadi.
Chorshanba kuni «Nasaf» o`z maydonida keyingi bosqichga chiqish umidida bo`lgan Eronning «Istiqlol» klubini qabul qilsa, «Paxtakor» BAAda nimchorak final yo`llanmasi uchun «Baniyas» jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Shuningdek, Toshkentdagi «Jar» stadionida bo`lib o`tadigan «Bunyodkor» – «Poxang Stilerz» o`yinida ham keyingi bosqichga yo`l olgan yana bir jamoa nomi aniq bo`lishi mumkin.
O`zbekiston klublari ishtirokidagi guruh bosqichining so`nggi o`yinlarini yaponiyalik, singapurlik hamda qatarlik hakamlar boshqarib borishadi. Xususan, yaponiyalik Minoru Tojo Qarshidagi o`yinda hakamlik qilsa, singapurlik Malik Abdulbashir «Paxtakor»ning o`yinida ishlaydi. Musobaqaning sharqiy mintaqasidagi o`yinlar doirasida bo`lgan «Bunyodkor» – «Poxang» o`yinini esa G`arbiy Osiyo vakili – qatarlik Abdulloh Balideh boshqarib boradi.
OChL, «A» guruhi, 6-tur uchrashuvi
16 may, chorshanba
«NASAF» (O`zbekiston) – «ISTIQLOL» (Eron)
Bosh hakam: Minoru Tojo (Yaponiya).
Yon qanot hakamlari: Akani Yage (Yaponiya), Murod Yosir (Kuvayt).
Zaxira hakami: Berdimurod Niyozdurdiev (Turkmaniston).
Nazoratchi: Muhammad Hamad Alsovil (Saudiya Arabistoni).
Komissar: Kemel Tokabaev (Qirg`iziston).
Ma`lumot uchun:
- «Nasaf»ning so`nggi o`yini, «A» guruhidagi vaziyat va o`yinlar taqvimi
OChL, «V» guruhi, 6-tur uchrashuvi
16 may, chorshanba
«BANIYaS» (BAA) – «PAXTAKOR» (O`zbekiston)
Bosh hakam: Abdulmalik Bin Abdulbashir (Singapur).
Yon qanot hakamlari: Goh Gek Pheng Jeffri, Tang Yiyu Mun (ikkisi ham – Singapur).
Zaxira hakami: Meshal al-Asusiy (Kuvayt).
Nazoratchi: Obid al-Qodir A`lo (Iroq).
Komissar: Umid Jamoliy (Eron).
Ma`lumot uchun:
- «Paxtakor»ning so`nggi o`yini, «B» guruhidagi vaziyat va o`yinlar taqvimi
OChL, «E» guruhi, 6-tur uchrashuvi
16 may, chorshanba
«BUNYoDKOR» (O`zbekiston) – «POXANG STILERZ» (Janubiy Koreya)
Bosh hakam: Abdulloh Balideh (Qatar).
Yon qanot hakamlari: Volid Sulton al-Mannaiy, Ramazon Said an-Naimiy (ikkisi ham – Qatar).
Zaxira hakami: Xamis Muhammad al-Kuvariy (Qatar).
Nazoratchi: Salim Said as-Suvaydiy (BAA).
Komissar: Goko Suminori (Yaponiya).
Ma`lumot uchun:
- «Bunyodkor»ning so`nggi o`yini, «E» guruhidagi vaziyat va o`yinlar taqvimi