
Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi OChL uchrashuvini boshqaradi.
15-16 maykunlariOsiyoChempionlarLigasiguruh bosqichida so`nggi – 6-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi. Ushbu o`yinlarni boshqarish uchun o`zbekistonlik hakamlar ham jalb qilingan.
«S» guruhi 6-tur bahslaridan o`rin olgan va 15 may, seshanba kuni Qatar poytaxti Dohadagi «Jassim Bin Hamad» stadionida bo`lib o`tadigan «Lahviya» (Qatar) – «An-Nasr» (BAA) uchrashuvini Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda o`zbekistonlik Abduhamidullo Rasulov hamda qirg`izistonlik Bahodir Qo`chqorov yordam beradi. Qirg`izistonlik Risbek Shekerbekov zaxira hakami sifatida ko`rsatilgan.
«S» guruhida barcha masala muddatidan avval hal bo`lgan. Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» va Eronning «Sepahon» jamoalari o`rtasidagi o`yinda kim ushbu guruhda birinchi o`rinni egallashi masalasiga oydinlik kiritilsa, Ermatov va uning brigadasi ishlaydigan o`yin natijasi hech qanday ahamiyatga ega emas.
Ravshan Ermatov brigadasi OChL-2012 guruh bosqichida bungacha to`rtta uchrashuvni boshqargan. Ermatov guruh bosqichi 1-turida «N» guruhidagi «Buriram» (Tailand) – «Kashiva» (Yaponiya) uchrashuvini (3:2), 2-turda «F» guruhidagi «Tokio» (Yaponiya) – «Ulsan» (Janubiy Koreya) uchrashuvini (2:2), 3-turda «G» guruhidagi «Tianjin» (Xitoy) – «Nagoya» (Yaponiya) uchrashuvini (0:3), 4-turda esa «D» guruhidagi «Persepolis» (Eron) – «Al-Garafa» (Qatar) uchrashuvini (1:1) boshqardi.
OChL-2012, «C» guruhi, 6-tur uchrashuvi
15 may, seshanba
«LAHVIYa» (Qatar) – «AN-NASR» (BAA)
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O`zbekiston).
Yon qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov (O`zbekiston), Bahodir Qo`chqorov (Qirg`iziston).
Zaxira hakami: Risbek Shekerbekov (Qirg`iziston).
Nazoratchi: Abdulrahmon az-Zayd (Saudiya Arabistoni).
Komissar: Muhammadrizo Kasraiy (Eron).