«Neftchi» Iroq vitse-chempioni mehmoni bo`ladi

Farg`onaning «Neftchi» klubi OFK Kubogi nimchorak finalida Iroq vitse-chempioni mehmoni bo`ladi.
 
2012 yilgi OFK Kubogining guruh bahslari yakuniga etdi. Guruh bosqichining so`nggi uchrashuvlari 9 may kuni bo`lib o`tdi. Unga ko`ra, muddatidan avval nimchorak final bosqichi yo`llanmasini qo`lga kiritgan Farg`onaning «Neftchi» jamoasi raqibi nomi ma`lum bo`ldi.
 
Unga ko`ra, 23 may kuni o`tkaziladigan nimchorak final uchrashuvida Yuriy Sarkisyan jamoasi Iroq vitse-chempioni «Arbil» mehmoni bo`ladi. OFK Kubogi «V» guruhi 6-tur uchrashuvida Yamanning «Al-Oruba» jamoasini 2:1 hisobida mag`lub etgan Muhammad Solih shogirdlari guruh g`olibi sifatida keyingi bosqich yo`llanmasini qo`lga kiritdi.
 
Nimchorak final bosqichi uchrashuvi 22-23 may kunlari bo`lib o`tadi. Bir uchrashuvdan iborat qarama-qarshilik g`oliblari 18 va 25 sentyabr kunlari bo`lib o`tadigan chorak final bosqichi yo`llanmasini qo`lga kiritadi.
 
Ma`lumot o`rnida, bu «Neftchi»ning OFK Kubogi tarixida ikkinchi marta nimchorak final o`yinlarida ishtirok etishidir. Bungacha jamoa 2009 yilgi mavsumda ham pley-off yo`llanmasini qo`lga kiritib, chorak final yo`llanmasi uchun bahsda Suriyaning «Al-Majid» jamoasini penaltilar seriyasida mag`lubiyatga uchratgan edi.
 
OFK Kubogi, 1/8 final uchrashuvlari
22 may, seshanba
«Al-Qodisiya» (Kuvayt) – «Al-Kuvayt» (Kuvayt)
«Al-Ittifoq» (Saudiya Arabistoni) – «As-Suvayq» (Ummon)
«Ash-Shorta» (Suriya) – «Xoum Yunayted» (Singapur)
«Chonburi» (Tailand) – «Al-Zavr`a» (Iroq)
 
23 may, chorshanba
«Arbil» (Iroq) – «Neftchi» (O`zbekiston)
«Al-Vihdat» (Iordaniya) – «Kazma» (Kuvayt)
«Kitchi» (Gongkong) – «Arema» (Indoneziya)
«Kelantan» (Malayziya) – «Terengganu» (Malayziya)
mib
uzcard
cola
apex
bmb