
Farg`onaning «Neftchi» klubi OFK Kubogi guruh bosqichini g`alaba bilan yakunladi.
8 may, seshanba kuni Farg`onaning «Neftchi» klubi OFK Kubogi «D» guruhi 6-turi doirasida o`z maydonida Hindistonning «Salgokar» jamoasini qabul qildi. Uchrashuv maydon egalarining 3:0 hisobidagi g`alabasi bilan yakuniga etdi. Pavel Smolyachenko dublga erishgan bo`lsa, Anvar Berdiev uchinchi gol muallifiga aylandi.
Guruhning ikkinchi uchrashuvida Iordaniyaning «Al-Vihdat» klubi mehmonda Ummonda «Al-Oruba»ga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu natijadan so`ng «Al-Vihdat» 12 ochko bilan guruh peshqadami bo`lib qolgan bo`lsa, «Neftchi» ochkolari soni 11taga etib, 2-o`rinni egalladi.
«Neftchi» 23 may kuni nimchorak final doirasida safarda «V» guruhi g`olibiga qarshi maydonga tushadi. «V» guruhida g`oliblik uchun Iroqning «Arbil», Kuvaytning «Kazma» va Yamanning «Al-Oruba» jamoalari bahs olib bormoqda. «V» guruhidagi 6-tur uchrashuvlari 9 may, chorshanba kuni bo`lib o`tadi.
OFK Kubogi, «D» guruhi, 6-tur uchrashuvi
8 may, seshanba
«Neftchi» (O`zbekiston) – «Salgokar» (Hindiston) 3:0 (1:0)
Gollar: P.Smolyachenko (1, 48), A.Berdiev (77).